Ushbu hujjatda TgTraffic.uz foydalanuvchilardan qanday ma'lumot olishi, ulardan qanday foydalanishi va ularni qanday himoya qilishi yozilgan.
1. Biz kimmiz
TgTraffic.uz («Xizmat», «biz») — Telegram'da reklama joylash platformasi. Xizmat operatori — YaTT Xosiyatova Zuxraxon Nabidjonovna.
2. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
Akkaunt ma'lumotlari: ism, elektron pochta, telefon raqami, Telegram ID va foydalanuvchi nomi, Google identifikatori, profil rasmi — qaysi usulda kirganingizga qarab.
To'lovlar: summa, sana va tranzaksiya raqami. Bank kartasi ma'lumotlari to'lov tizimlari (Click, Paynet) tomonida kiritiladi va bizda saqlanmaydi.
Reklama: reklamalaringiz matni, havolalari, rasmlari, sozlamalari va statistikasi.
AI yordamchiga yozilgan xabarlar va ularga biriktirilgan skrinshotlar.
Texnik ma'lumotlar: IP manzil, brauzer turi, sessiya cookie fayllari.
3. Google orqali kirish
Google orqali kirganingizda faqat asosiy profilni so'raymiz: ism, elektron pochta va profil rasmi. Gmail pochtangiz, Google Diskingiz, kontaktlaringiz va boshqa Google ma'lumotlaringizga kirmaymiz. Google API'dan olingan ma'lumotlardan foydalanish Google API xizmatlari foydalanuvchi ma'lumotlari siyosatiga, jumladan cheklangan foydalanish (Limited Use) talablariga mos keladi.
4. Ma'lumotlardan nima uchun foydalanamiz
akkaunt yaratish va unga kirish;
reklamani Telegram'ga joylash, statistikani ko'rsatish va budjetni boshqarish;
to'lovlarni hisobga olish va pulni qaytarish;
reklama holati haqida xabarnomalar (saytda va @Tgtrafficuzbot orqali);
foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlash va firibgarlikdan himoya.
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va boshqalarning reklamasi uchun ishlatmaymiz.
5. Ma'lumotlarni kimga beramiz
Telegram — reklamani joylash va moderatsiya qilish uchun uning mazmuni;
Click, Paynet — to'lovlarni amalga oshirish uchun;
Google — Google orqali kirish va AI yordamchi ishlashi uchun (xabarlar Google Gemini modeli tomonidan qayta ishlanadi);
davlat organlariga — faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda.
6. Saqlash va himoya
Ma'lumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi va faqat Xizmat ishlashi uchun kerak bo'lgan xodimlarga ochiq. Ma'lumotlarni akkauntingiz mavjud ekan saqlaymiz, to'lov yozuvlarini esa qonun talab qilgan muddatgacha.
7. Sizning huquqlaringiz
Bizga yozib (9-bo'lim), ma'lumotlaringiz nusxasini, ularni tuzatishni yoki akkauntingizni o'chirishni so'rashingiz mumkin. Akkaunt o'chirilishi allaqachon joylangan reklamani va qonun bo'yicha saqlashimiz shart bo'lgan to'lov yozuvlarini bekor qilmaydi.
8. O'zgarishlar
Ushbu Siyosatni yangilashimiz mumkin. Amaldagi versiya doim shu sahifada bo'ladi.